Bundan maqsad, viloyatda sport yo‘nalishidagi amalga oshirilgan ishlar holati va yangi tizim asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar o‘rganildi.
O‘rganish davomida, ishchi guruh viloyatdagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda sport maktablarini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek Sport ta’lim muassasalardagi yaratilgan sharoitlar, u yerdagi infratuzilma holati va yangi o‘quv yilida amalga oshirilgan qabul holati bilan birga sportchi-o‘quvchilarning yotoqxonalarda yashash ahvoli, oshxona va ovqatlanish holatlarini ko‘zdan kechirildi.





