16-19 fevral kunlari Toshkent shaxrida kattalar va ayollar o’rtasida sportning sambo va jangovor sambo yo’nalishlarida 🇺🇿O’zbekiston chempionati davom etmoqda. Ushbu nufuzli musoboqada 1-2 o’rinlarni qo’lga kiritgan sportchilar shu yilning Iyun oyida Qozog’iston Respublikasi Almata shaxrida bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatiga qatnashadi. Musoboqaning ikkinchi kunida, Toyloq оlimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari shoxsupaga ko’tarilishga muvofaq bo’ldilar.
52 kg vaznda
Abdujalilov Avazbek 2-o’rin
64 kg vaznda
Davronov Shaxzod 2-o’rin
59 kg vaznda
G’aniyeva Mashxura 3-o’rin
Sportchimizni va Sambo bo’limi murabbiylarini ushbu yutuqlar bilan qutlab qolamiz.👏👏👏👏👏

