Milliy sport turlarimizdan bo’lgan belbog’li kurashga keyinggi yillarda yana ham etibor kuchaygan. O’zbekiston “Adolat” social demokratik partiyasi bilan belbog’li kurash federaciyasi o’rtasida belbog’li kurashni rivojlantirish to’g’risidagi imzolangan memaronudum ham bunga yaqqol misol.
Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida “Adolat kubogi”ning viloyat bosqichi o’tkazildi. O’zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashi, Viloyat belbog’li kurash federaciya hamda Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu viloyat bosqichida dasturga muvofiq 2000-2001 va 2002 yillarda tug’ilgan sportchilar oltita vazn toifasida kuch sinashishdi.
Yakuniy natijalarga ko’ra SHahzod Ergashev (55 kg.), Ulug’bek Tolibov (65 kg.), Abbos Tojiev (77 kg.), SHahzod Davronov (60 kg.), Arslon Rahimov (71 kg.), Muzrob Elmirzaev (83 kg)lar barcha raqiblarini engib, birinchi o’rinni qo’lga kiritishdi va respublika bosqichiga yo’llanma olishdi.
Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi tashkil etildi. G’olib va sovrindor polvonlarga diplom, kubok va esdalik sovg’alarini O’zbekiston “Adolat” SDP siyosiy Kengashi raisining birinchi o’rinbosari Akmal Rahmonov hamda Samarqand viloyat belbog’li kurash federaciyasi ijrochi direktori Bahodir Berdiqulovlar tantanali tarzda topshirishdi.
Bahodir BERDIQULOV, Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internati
direktori:
Belbog’li kurash bo’yicha istedodlarni topib, tarbiyalab, terma jamoalar safiga etkazib berishda murabbiylarning ham alohida o’rni bor. Toyloq IOZMI murabbiylari G’anisher Berdiqulov, Faxriyor Rahmonov Qodir Ernazarov, Oybek Do’stmurodov, Husniddin Mamanov kabi tajribali murabbiylarning mehnatlari tahsingga loyiq.

