Toyloq оlimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi “Sport bo’limi” tomonidan 8-mart-“Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 7-mart kuni Badminton, Stol tennisi hamda shaxmat-shashka bo’yicha “Sport malikasi” musobaqasi o‘tkazildi.
Tashkil etilgan ushbu sport tadbiriga Olimpiya markazining xotin-qizlar jamoasi va o’quvchi-qizlari faol ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra, markazning faol ishtirok etgan xotin-qizlari va talaba-qizlari aniqlanib, ular orasidan 1-2-3 o’rinlarni qo’lga kiritdgan xotin-qizlarimiz diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar

