🏆 Yosh slalomchilarimizdan faxrli natija!
13–17-oktabr kunlari poytaxtimizdagi Bo‘z-suv kanalida slalomda eshkak eshish bo‘yicha U15 va U18 yosh toifalarida “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿
Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatlaridan kelgan 100 dan ortiq sportchi g‘oliblik uchun shiddatli bahs olib bordi.
No‘monjon Djaxonov boshchiligidagi Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari musobaqada munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladilar! 🥉
Sovrindor sportchilar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.
Sizlar bizning faxrimiz, iroda va g‘alaba ramzisiz! 💪🔥






#ToyloqOPSTT #Slalom #O‘zbekistonKubogi #SportchilarFahri #G‘alabaYo‘lida #YoshlarQudrati

