Kollejlar jahon e’tirofida

5 avgust kuni Yaponiyalik 15 nafar delegatsiya Samarqand shahridagi yengil sanoat va iqtisodiyot kollejlariga tashrif buyurdi.

Keyingi yillarda ta’lim sifati, fan sohasi yangilanib, uning tobora avj olib borayotganligini mamlakatimiz yoshlarining  jahon davlatlaridan g‘oliblik bilan yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib qaytayotganlari misolida ham kurishimiz mumkin.

Nobuxiko Shima “Yaponiya-O‘zbekiston” hamjamiyati raisi, O‘zbekistondagi Yaponiyaning sobiq elchilari Akio Kavato va Keko Nakayama xonim, xalqaro kiyimlar dezayneri Dzyunko Koshino xonim,  O‘zbekistondagi Yaponiya elchisi Fumixiko Kato  hamda Yaponiyadan tashrif buyurgan yo‘qori martabali mehmonlar kollej faoliyati bilan tanishdilar.

Shahrimizda bo‘lgan delegatsiya muassasalardagi qulay sharoit va yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishgach, kollejdagi tikuvchilik ustaxonasida bo‘lishdi va o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kiyimlar kolleksiyasini tomosha qilishdi. Kollej o‘quvchilari esa mehmonlar uchun qo‘l mehnatlari bilan yasalgan har xil turdagi qadriyatlarimizga mos bo‘lgan milliy kiyimlarni namoyish qildilar.

Namoyish so‘ngida xalqaro kiyimlar dezayneri Dzyunko Koshino xonim o‘quvchilar tomonidan tikilgan va namoyish qilingan kiyimlar kolleksiyasiga o‘z munosabatini bildirib, o‘zining xalqaro darajadagi kiyimlar kolleksiyasining video filmi bilan o‘quvchilarni tanishtirdi.

Shuningdek, kollej o‘quvchilari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi va qiziqqan savollariga xorijlik mehmonlar atroflicha javob qaytarishdi.

Uchrashuv yakunlangach delegatsiya Samarqand temir yo‘l vokzalidan Toshkentga yo‘l oldi.

Bosh uslubchi maslahatchi         D.Xushmurodov

Manbaa: samusspo.uz