An’anaviy avgust kengashi

15 avgust kuni Samarqand shahridagi moliya-iqtisodiyot kollejida akademik litseylar va kasb-hunar kollejilari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining an’anaviy avgust kengashi o‘tkazildi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2016 yil 29 iyuldagi 217-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirni viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aziz Nasimov ochib berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, yosh avlod ongida mustaqillik va milliy ma’naviyat tafakkurini shakllantirish, yakunlangan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini sarhisob qilish, tizimda to‘plangan tajribalarni tahliliy o‘rganish, ta’lim berishning samarali usullarini keng targ‘ib qilish, yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi,  o‘quvchilar davomatini yaxshilash, erta turmushga chiqish hamda o‘quvchilarning doimiy yashash joylaridan uzoq muddatga chetga chiqishini oldini olish mavzuida boshqarmaning mas’ul xodimlari Aziz Jabbarov va Jamshid Otaqulovlar ma’ruza qildi.

Qolaversa, “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish” bo‘yicha 1-Samarqand pedagogika kollejining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xanifa Mahadinova hamda “Hamkorlikdagi harakat yoshlar tarbiyasida samarali usul” mavzuida Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kollejining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nasiba Kenjayevalar nutq so‘zladi.

Yig‘ilishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi axborot-metodik ta’minlash xizmati yetakchi mutaxassisi Husniya Oftobxo‘jayeva ishtirok etdi.

SamDAQI qoshidagi 1-son akademik litseyda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan hamda Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kollejining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan xuddi shunday avgust kengashi o‘tkazildi.

Darhaqiqat, an’anaviy avgust kengashi umumta’lim fanlari o‘qituvchilari uchun 17 avgust, umumkasbiy va maxsus fan o‘qituvchilari uchun 18 avgust hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun 19 avgust, yalpi yig‘ilish esa 20 avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtilangan.

Abdujabbor PO‘LATOV,

boshqarmaning axborot xizmati xodimi.

Manbaa: samusspo.uz