Sport ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi

✅ Sport ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi

Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yangi oʻquv yili boshlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O. Sobirov, markaz direktori O‘.Qurbonov so‘zga chiqib, yoshlarni bugungi ayyom bilan qutladi.

Xususan, markaz joriy o‘quv yilini katta o‘zgarish va yangiliklar bilan boshlayotgani ta’kidlandi. Yaqinda paralimpiya bo‘limi ochilgani, markazga qarashli sport inshootlari yangidan bunyod etilayotgani yoshlar uchun keng imkoniyatlar berilayotganidan dalolatdir.

“Bir bo’lsak xalqmiz-birlashsak vatanmiz” shiori ostida bo’lib o’tgan tadbirda ota-onalar ham ishtirok etib, yoshlarga, farzandlariga samimiy dil izhorlarini yo‘llashdi.