TOYLOQ OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SPORT TURLARIGA TAYYORLASH MARKAZI 11-SINF O’QUVCHISI SAMANOV ALISHER O’ZBEKISTON CHEMPIONATI KUMUSH MEDALI SOHIBI.

30-yanvar hamda 5-fevral kunlari Toshkent shaxrida sportning Dzyu-do turi bo’yicha 2003-2004 yillarda tug’ilgan yoshlar va 2006-2007 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati davom etmoqda. Ushbu nufuzli musoboqada Respublikamizning barcha viloyatlaridan 400 dan ortiq sportchilar shohsupaning yuqori pog’onasi uchun gilamga chiqishmoqda. Quvonarlisi bizning Toyloq оlimpiya markazimiz 11-sinf o’quvchisi Samanov Alisher 90 kg vazndagi bahslarda ishtirok etib kumush medalni qo’lga kiritdi.

90 kg vaznda
Samanov Alisher 2-o’rin

Sportchimizni va uning murabbiyi Mamanov Husniddinni ushbu g’alabalar bilan qutlab qolamiz