Bugun Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Ulug‘ kasb egalariga bagʻishlab “USTOZGA EHTIROM” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda markaz direktori U.U.Kurbanov so’zga chiqib Yangi O‘zbekiston sportchilariga nafaqat bilim berishi, balki ularni jismonan sogʻlom qilib tarbiyalashda va sportchilarni yuksak insoniy fazilatlarni, mehr-oqibat, ularni yuqori natijalarga erishishlari uchun bor kuch va imkoniyatlarini berib kelayotgan, markaz o’qituvchi va trenerlarni hissasi beqiyosligini ta’kitlab, ularni samimiy qutlab, chuqur minnatdorchilik bildirdi

Tadbir mehmonlari Markazda uzoq yillar davomida sermahsul faoliyat yuritgan, o’qituvchilar va markazning hozirda samarali faoliyat koʻrsatayotgan trener va o’qituvchilariga tashakkurnomalar topshirildi.

🎉🎉Tadbir soʻngida markaz o’quvchilari ustozlar uchun sovg‘a sifatida ustolar haqida sherlar va kuy qoʻshiqlar kuylab barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdilar