Tayloq tumanida Regbi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi.
Joriy yilning 25 yanvar kuni Toyloq tumanida sportning regbi turi bo‘yicha “Viloyat ochiq birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi “Regbi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4500-sonli qarori ijrosini ta’minlash va ushbu sport turining aholini o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli musobaqada viloyatimiz sportchilaridan 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Qiziqarli o‘tgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni Nurobod tumani jamoasi, 2-o‘rinni Toyloq tumani jamoasi egallagan bo‘lsa, 3-o‘rinni Pastdarg‘om tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 3 ta nominasiya bo‘yicha faol o‘yinchilar viloyat hokimligi tomonidan 1, 2, 3-darajali medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

